Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

FVV: Navoiyda yuz bergan avtohalokatda 7 inson halok bo‘ldi

A A A
FVV: Navoiyda yuz bergan avtohalokatda 7 inson halok bo‘ldi

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yil 10 oktyabr kuni soat 06:20 da olingan ma’lumotga asosan, shu kuni soat 01:20larda Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 «Qiziltepa-Karmana» avtomobil yo‘lining 188 km da harakatlanib ketayotgan «Neksiya-2» rusumli d/r 85 697 SAA avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «SHAANXI SX» rusumli, d/r 85 442 KAA yuk avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

YTH natijasida, 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Vafot etgan fuqarolar:

G‘afur Raxmatov, 1985 y.t. («Neksiya» avtomobili haydovchisi).

Intizor Jo‘rayeva, 1986 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).

Zarnigor Jo‘rayeva, 1991 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).

Fayoz Shaxriyorov, 1987 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).

Asadbek G‘ulomov, 2010 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).

Shoxrux G‘ulomov, 2013 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).

Firdavs Sobirov, 2016 y.t. («Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi).

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 14:30 10.10.2018. O'qildi: 1554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!