Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

FVB xodimi 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

FVB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
🔴 Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, mahalliy MCHJ rahbaridan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

🖥 Aniqlanishicha, FVB xodimi hamkasblari orqali, MCHJ tomonidan mazkur tumanda faoliyat yurituvchi korxona hududiga o‘rnatilgan yong‘in xavfsizligi jihozlarini qabul qilish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

⚖️ Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi
3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:44. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!