Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Futbol bo‘yicha Turkiya chempionati to‘xtatildi

Futbol bo‘yicha Turkiya chempionati to‘xtatildi

Ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan kuchli vayronkor zilzila tufayli Turkiya barcha sport musobaqalarini to‘xtatishga qaror qildi. Qaror keyingi xabarnomaga qadar kuchda qoladi.

Dushanba oqshomida Turkiya Superligasida uchta o‘yin, jumladan, "Fenerbaxche"ning o‘yini rejalashtirilgan edi. Bu o‘yinlar boshqa vaqtga ko‘chirildi va keyinroq o‘tkaziladi.

Ayni damda Turkiya chempionati peshqadami “Galatasaroy” hisoblanadi. “Fenerbaxche” ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikni peshqadamdan 14 ochko kam to‘plagan "Istanbul Bashakshehir" egallab turibdi.

Kiritildi: 17:57 06.02.2023. O'qildi: 1806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!