O‘yin 22 iyun kuni Kaliningradda bo‘lib o‘tdi. Beshinchi daqiqada serbiyaliklar hujumchisi Aleksandr Mitrovich hisobni ochdi. Ikkinchi taymda Shveysariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka hisobni tenglashtirdi. Matchning 89- daqiqasida esa Jerdan Shokiriy shveysariyaliklarni oldinga olib chiqdi. Hisob 2: 1.
«E» guruhdagi boshqa matchda Braziliya termasi Kosta-Rika futbolchilari ustidan 2: 0 hisobda g‘alaba qozondi. Shunday qilib, hozir Shveysariya hamda Braziliya terma jamoalari hisobida 4 tadan ochko bor. Serblarda 3ta ochko naqd. Kosta-pikaliklar esa ochko yig‘a olishmadi.