Germaniya kansleri Fridrix Mers ish vaqtini hisobga olishda moslashuvchan yondashuv joriy etish kompaniyalar va xodimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkinligini bildirdi. U bu haqda Berlinda Germaniya ish beruvchilar uyushmalari federal birlashmasi (BDA) tadbirida so‘zlaganida aytdi.
Mers haftaning ayrim kunlarida 12 soatdan ishlab, qolgan kunlarda dam olish imkonini beruvchi ish tartibining afzalliklariga e’tibor qaratdi.
«Xalqaro kompaniyalar bor, ularda ketma-ket 12 soatdan ishlashadi. Haftasiga uch marta, keyin esa yetarli», — dedi kansler.
Uning fikricha, bunday ish tartibi xodimlarga oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkonini beradi. Shu sababli, Mers bunday yondashuvni ekspluatasiya deb baholamaslik kerakligini ta’kidladi.
Germaniya hukumati rahbari ish vaqtini moslashuvchan tartibda tashkil etishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligini yana bir bor qayd etdi.
Shu bilan birga, Mersning o‘zi ilgari 12 soatlik ish jadvali asosida ishlagani haqida ma’lumot berilmagan.