Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Fransuz avtomobillari "UzChasys" o‘zbek faralari bilan jihozlanadi

Avto / Xorij A A A
Fransuz avtomobillari "UzChasys" o‘zbek faralari bilan jihozlanadi

“O‘zavtosanoat” AJ tuzilmaviy korxonasi Namanganda avtomobil faralarini ishlab chiqaruvchi “UzChasys” kompaniyasi Fransiyaning Stellantis kompaniyasiga qarashli Peugeot Partner avtomobillariga faralar yetkazib berishni boshladi.

Shunday qilib, kompaniya o‘z mahsulotlarini yetkazib berish geografiyasini endilikda Fransiya bilan kengaytirdi. Kuni kecha 23 iyun kuni avtomobil faralarining birinchi partiyasi Fransiyaga yuborildi.

Fransuz avtomobillari "UzChasys" o‘zbek faralari bilan jihozlanadi

Fransuz avtomobillari "UzChasys" o‘zbek faralari bilan jihozlanadi

Ta’kidlash joizki, 2021 yil davomida kompaniya umumiy daromadlarining qariyb uchdan bir qismi eksportga to‘g‘ri kelgan, bu esa qariyb 8,5 million dollarni tashkil etadi.

“UzChasys” MCHJ QK – Markaziy Osiyodagi avtomobil faralarini ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona hisoblanadi. U Uzauto Motors (O‘zbekiston), Renault-Avtovaz (Rossiya) va PCMA Rus (Rossiya) konveyerlariga mahsulot yetkazib beradi. Korxona Chevrolet, Lada, Niva va Peugeot brendlari uchun faralar ishlab chiqaradi.

Korxona 2009 yilda Namangan viloyatida tashkil etilgan. Bugungi kun bo‘yicha xodimlar soni 638 kishini tashkil etadi.

Stellantis – 2021-yilda Fiat Chrysler Automobiles PSA Group'ni birlashishi natijasida yaratilgan global xolding kompaniyasi hisoblanadi. U Fiat, Chrysler, Peugeot, Citroen, Opel, Jeep, Maserati, Alfa Romeo va boshqa bir qancha brendlarga egalik qiladi.

Kiritildi: 10:00 28.06.2022. O'qildi: 3530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!