Fransiya Islom kengashi vakillari hamda boshqa musulmon yetakchilar dindoshlarini yong‘inda zarar ko‘rgan Bibi Maryam (Notr Dam) jomesi uchun yordam berishga chaqirdi.
Musulmonlarni nasroniy qardoshlarimizning ibodatgohi va mamlakatimizning muhim tarixiy maskani bo‘lgan kafedralning restavrasiyasi uchun boshlanadigan kampaniyalarga qo‘shilishiga chaqiraman , dedi Liondagi Markaziy masjid yetakchilaridan Kamol Qabtaniy.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni dunyodagi mashhur tarixiy cherkovlardan va Parijning timsollaridan biri hisoblanuvchi Bibi Maryam jomesida yong‘in chiqib, binoga katta zarar yetkazdi. Yong‘inga ta’mirlash ishlari sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.