Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiyalik fermerlar Parijda norozilik namoyishi o‘tkazdi

Fransiyalik fermerlar Parijda norozilik namoyishi o‘tkazdi

Fransiyalik fermerlar Yevropa Ittifoqi va MERCOSUR o‘rtasidagi kelishuvni bekor qilish uchun Parijda norozilik namoyishi o‘tkazdi — Reuters.

Fransuz fermerlari Parijga qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan kirib ushbu kelishuvga qarshi norozilik bildirdi. Fermerlarning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv Janubiy Amerikadan import qilinadigan arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan adolatsiz raqobatni yuzaga keltirib, mahalliy qishloq xo‘jaligi sohasiga tahdid soladi.

Bu namoyishni Fransiyaning eng yirik fermerlar kasaba uyushmalaridan biri bo‘lgan FSENA uyushtirdi. Fransiya, Yevropa Ittifoqdagi eng yirik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi davlat hisoblanadi. Boshqa a’zo davlatlarda ham fermerlar oylar davomida YEI-MERCOSUR kelishuvi va mahalliy muammolar bo‘yicha norozilik bildirib kelmoqda.

Parij polisiyasi ma’lumotiga ko‘ra, namoyishda taxminan 350 ta qishloq xo‘jaligi texnikalariishtirok etgan. Traktor konvoylaridan biri poytaxt markazidagi Triumf arkasi atrofiga, ikkinchisi esa Fransiya parlamenti binosi oldiga yetib kelgan.

Fermerlar Fransiya parlamenti oldidagi namoyishdan tashqari, 20 yanvar kuni Strasburgdagi Yevropa Parlamentida ham norozilik aksiyasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Fransiyaning qarshiligiga qaramay, juma kuni ko‘pchilik YEI davlatlari MERCOSUR (Janubiy Amerika umumiy bozori) bilan kelishuvini tasdiqlagan. Bu esa fermerlar va muxolif partiyalar tomonidan bosimni kuchaytirdi. Ayrim partiyalar hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumini o‘tkazishni talab qilgan.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!