Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Fransiyada so‘nggi 20 yildagi eng ko‘p qor yog‘di!

Fransiyada so‘nggi 20 yildagi eng ko‘p qor yog‘di!

Fransiyada so‘nggi 20 yildagi eng ko‘p qor yog‘di: mamlakat janubi-g‘arbidagi 200 mingdan ortiq uylar elektr tarmog‘idan uzilib qoldi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Bunaqa qor yog‘ishi 20 yil oldin kuzatilgandi.

«Enedis» elektr kompaniyasi ma’lum qilishicha, ko‘p joylarda qor og‘irligiga dosh bermagan daraxtlar qulab, elektr simlarini uzib yuborgan. Buning oqibatida Drom, Ardesh, Izer va Ron departamentlarida yashovchilar elektrsiz qolishgan.

Ob-havo injiqliklari Izer departamentida 63 yoshli erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi: yo‘lni kurayotgan bu erkakning ustiga daraxt qulab tushgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, o‘ta ko‘p qor yog‘ishi va muzlash temir yo‘llar va avtomobil yo‘llarida muammolarni keltirib chiqargan.

Kiritildi: 19:35 15.11.2019. O'qildi: 2612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!