Fransiya saylovchilari Milliy assambleyaga (parlament quyi palatasi) muddatidan oldin saylovlarning birinchi bosqichida ovoz bermoqda, deya xabar bermoqda «Interfaks».
Saylov uchastkalari asosan mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ochilgan. Ular soat 18:00 gacha ishlaydi.
Biroq, ba’zi shaharlar va bo‘limlarda saytlarning ish vaqti har xil bo‘lishi mumkin. Xususan, yirik shaharlarda, jumladan, Parijda ham fransuzlar soat 20:00 ga qadar ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, saylovning birinchi natijalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan keyin e’lon qilinishi kutilmoqda.