Fransiyaning shimoli-sharqiy qismida mamlakat Harbiy-havo kuchlariga tegishli Mirage-2000D qiruvchi samolyoti halokatga uchradi.
Bu haqda BFMTV telekanali Fransiya Qurolli kuchlariga tayanib xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy samolyot mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan vaqtda Nansi shahri yaqinida qulagan.
Aviahalokat oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Ekipajning ikkinchi a’zosini qidirish ishlari davom etmoqda.
Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.