Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiyada maktab o‘quvchilarining namoyishlarida 450 minggacha odam qatnashdi

Fransiyada maktab o‘quvchilarining namoyishlarida 450 minggacha odam qatnashdi

Fransiyada maktab o‘quvchilarining ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. O‘quvchilar sinflardagi o‘quvchilar sonining haddan tashqari ko‘pligi, o‘qituvchilar yetishmasligi, maktab binolarining yomon ahvoldaligi va dars jadvali haddan tashqari zichligidan norozi.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 oktyabr kuni namoyishlarda kamida 256 ming kishi qatnashgan. Ularning 56 ming nafari Parijda bo‘lgan. Namoyish tashkilotchilari, jumladan, talabalar kasaba uyushmalari esa mamlakatning o‘nlab shaharlarida jami 450 ming kishi ishtirok etganini bildirgan.

Ayrim shaharlarda namoyishchilar va polisiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Sentyabr oyi oxirida boshlangan namoyishlar davomida qariyb 6 ming kishi qo‘lga olingan.

Shu munosabat bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron seshanba kuni kechqurun hukumatning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazadi. Unda Bosh vazir Sebastyen Lekornyu, Ichki ishlar vaziri Loran Nunes va Ta’lim vaziri Eduar Jeffre ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 22:25 07.10.2026. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!