Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiyada koronavirus qurbonlari soni 25 mingdan oshdi

A A A
Fransiyada koronavirus qurbonlari soni 25 mingdan oshdi

Fransiyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 25 ming kishidan oshdi, bir kecha-kunduzda 306 kishi vafot etdi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yakshanba kuni 24895 kishi hayotdan ko‘z yumganligi ma’lum qilingandi.

«1 martdan beri COVID-19 dan vafot etgan 25201 kishiga motam tutdik», — deyiladi bayonnomada.

«RIA Novosti»ning yozishicha, 15826 kishi shifoxonada, 9375 kishi qariyalar uyida vafot etgan.

Shifoxonalarda 25,5 ming kishi davolanmoqda, o‘tgan 24 soat ichida 689 nafar yangi bemor shifoxonaga joylashtirildi. Koronavirusga chalingan 3696 kishi reanimasiyada. O‘tgan bir kecha-kunduzda reanimasiyaga 84 kishi tushdi. Shunga qaramay, reanimasiyadagi bemorlar soni kamayishda davom etmoqda.

Butun epidemiya davomida 93,3 ming kishi shifoxonaga tushgan. Uy sharoitida sog‘ayganlarni hisobga olmaganda 51 mingdan ortiq kishi tuzalgan.

Kiritildi: 06:45 05.05.2020. O'qildi: 2703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik