Bugun 20 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiyada komendantlik soati joriy etiladi

Fransiyada komendantlik soati joriy etiladi

Fransiyada ommaviy tartibsizliklardan so‘ng ayrim hududlarda komendantlik soati joriy etiladi.

Fransiya bosh vaziri Sebastyen Lekornyu ommaviy tartibsizliklar, do‘konlarni talon-toroj qilish, o‘t qo‘yish va polisiya bilan to‘qnashuvlardan keyin aholining harakatlanishiga mahalliy cheklovlar joriy etishni buyurdi.

Lekornyu bugun prefektlarga shaharlarda «juda cheklangan» va «mahalliy» komendantlik soatini joriy etish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi.

«O‘ta so‘l siyosiy kuchlar orasida butun mamlakat bo‘ylab jiddiy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga intilayotgan harakat mavjud. Hatto prezidentlik saylovlarining muddatlarini va ularning o‘tkazilishini shubha ostiga qo‘yish uchun safarbar etilishi mumkin bo‘lgan butun bir tarmoq bor», — dedi Fransiya bosh vaziri.

Lekornyuning so‘zlariga ko‘ra, ushbu choralar yangi tartibsizliklar va talon-toroj holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Hozircha komendantlik soati Fransiyaning qaysi shaharlarida joriy etilishi va cheklovlar qancha muddat amal qilishi aniqlashtirilmagan.


Kiritildi: 20:13 19.10.2026. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!