Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Fransiyada karantinda jinoyatlar soni keskin kamaydi

Fransiyada karantinda jinoyatlar soni keskin kamaydi

Fransiyada karantin vaqtida o‘g‘irlik, talonchilik va firibgarlik kabi bir qator jinoyat turlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55-78 foizga qisqardi, biroq oiladagi zo‘ravonlik soni ortgan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi hisobotiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

«2020 yilning 17 martidan 10 may sanasiga qadar qayd etilgan jinoyatlar va qonunbuzarliklar soni karantin fonida keskin kamaygan», — deyiladi hisobotda.

17 martdan 10 mayga qadar 2019 yilning shu davriga nisbatan zo‘ravonliksiz o‘g‘riliklar soni 78 foizga qisqargan. Shuningdek, bosqinchilik va o‘g‘riliklar (70 foizga), avtomobil o‘g‘riligi (63 foizga), firibgarlik va o‘zganing mulkiga noqonuniy ega chiqish (57 foiz) va jinsiy zo‘ravonlik (55 foiz) kamaygan.

Shu bilan birga, 15 va undan katta yoshdagi insonlarga qasddan hujum qilish hamda kaltaklash holatlari ham 28 foizga kamaygan.

Biroq ta’kidlanishicha, 2019 yilning 17 mart va 10 may oralig‘iga nisbatan karantin davrida oiladagi zo‘ravonliklar soni 4 foizga oshgan.

Fransiyada karantin payti oilaviy zo‘ravonliklar soni keskin oshgani to‘g‘risida mart oyining boshlarida ma’lum bo‘lgandi. Aprelda esa BMT uydagi zo‘ravonliklarga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 11:11 05.07.2020. O'qildi: 2107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!