Fransiyada bugundan boshlab ko‘chada niqob kiyish ixtiyoriy bo‘lib qoladi, komendantlik soati rejalashtirilganidan oldin bekor qilinadi - 30 iyunda emas, balki 20 iyunda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jan Kasteks ma’lum qildi.
Kam miqdordagi o‘zgarishlar bilan komendantlik soati mamlakat hududida 7,5 oy davomida amal qildi.
"Komendantlik soati joriy etilishi koronavirus infeksiyasining uchinchi to‘lqini bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan. Ammo so‘nggi juda yaxshi natijalar endi bu chorani oqlamaydi », - deya iqtibos keltiradi bosh vazir.