Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Fransiyada karantin 15 dekabrda bekor qilinishi mumkin

A A A
Fransiyada karantin 15 dekabrda bekor qilinishi mumkin

Fransiya karantinni 15 dekabrda bekor qilishi mumkin. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aytib o‘tdi, deb xabar berdi «TASS».

“Epidemiologik ko‘rsatkichlarning pasayishiga qarab karantin 15 dekabrda bekor qilinishi mumkin”, deb ta’kidladi Fransiya rahbari.

Biroq karantin bekor qilinishi bilan soat 21:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati joriy etiladi. Bundan tashqari, Fransiya rasmiylari 28 noyabrdan boshlab karantin choralarini yumshatmoqchi. Masalan, 20 kmga va uch soat davomida tashqarida sayr qilishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, Makronning so‘zlariga ko‘ra, “maktab o‘quvchilarining toza havoda darsdan tashqari mashg‘ulotlariga ruxsat beriladi”. Do‘konlarga sanitariya choralari ko‘rilgan holda soat 21: 00gacha ishlashga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 11:48 25.11.2020. O'qildi: 1722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!