Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Fransiyada yettita masjid yopildi. Nega?

Fransiyada yettita masjid yopildi. Nega?

Fransiya ichki ishlar vazirligi ikki yil muqaddam favqulodda holat bekor bo‘lganidan keyin kuchga kirgan terrorizmga qarshi kurash doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida bayonot berdi.

Anadolu agentligi xabarida aytilishicha, mazkur qonun doirasida yettita masjid yopilgan.

Qonunga muvofiq hokimlar ibodatxolarni yopish vakolatiga ega bo‘lgan. Terrorga aloqador biror yozuv, suhbat yoki fikr ibodatxonani yopish uchun asos bo‘la oladi.

Parijda 2015 yilning 13 noyabrida yuz bergan va 130 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktlardan so‘ng Fransiyada favqulodda holat e’lon qilingan edi. Favqulodda holat doirasida yigirmadan ortiq masjid yopilgan, ammo biror cherkov yoki sinagoga yopilmagan.

Mutaxassislar terrorizmga qarshi kurash qonuni kifoyasiz va samarasiz ekanini aytib keladi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi mazkur qonun musulmon fransiyaliklarga nisbatan noo‘rin qo‘llanishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:54 14.02.2019. O'qildi: 1502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!