Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransiyada dunyodagi eng qimmat "zajigalka" yasaldi. Narxi dahshat

Fransiyada dunyodagi eng qimmat "zajigalka" yasaldi. Narxi dahshat

Dunyodagi eng qimmat "zajigalka" Fransiyada 400 gramm sof oltindan yasaldi, deb yozadi "Oddity Central". Buyurtmachi Gonkonglik milliarder bo‘lib chiqdi.

Fransiyaning hashamatli brendi "ST Dupont" Fransiya tarixiga ishtiyoqi bor gonkonglik milliarder Stiven Hang tomonidan maxsus buyurtma qilingan Louis XIII Fleur de Parme "zajigalka" ustida ish boshladi. U toj shaklida ishlab chiqilgan va 400 gramm sof oltindan yasalgan, shuningdek, umumiy og‘irligi 41 karat bo‘lgan 152 sapfir bilan qoplangan.

Bunday "zajigalka"ning narxi taxminan 500 ming dollarni tashkil qiladi. Uni yaratish uchun olti oyga yaqin vaqt kerak bo‘ldi va jami «fransuz madaniyati va tarixini chuqur biladigan» 80 hunarmanddan iborat jamoa buyurtma ustida ishladi.

Kiritildi: 18:10 13.08.2024. O'qildi: 2193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!