Holat 22-28 iyun kunlari sodir bo‘ldi, deb yozmoqda Santé publique France.
Mamlakatda 22-28 iyun kunlari jami 8973 ta barcha sabablarga ko‘ra o‘lim holati qayd etilgan bo‘lsa, bir hafta oldin bu ko‘rsatkich 6948 tani tashkil etgan edi. O‘sish asosan 45 yoshdan oshgan odamlar o‘rtasida kuzatilib, ular orasida o‘lim soni 2001 taga ko‘paygan.
O‘lim ko‘rsatkichi eng ko‘p uyda vafot etganlar orasida qayd etilgan va ushbu ko‘rsatkich 91 foizga oshgan. Qariyalar uylarida bu ko‘rsatkich 37 foizga, tibbiyot muassasalarida esa 19,7 foizga ko‘paygan.