So‘nggi ikki oy ichida Fransiyada g‘ayritabiiy issiqlik to‘lqinlari tufayli taxminan 300 kishi cho‘kib ketdi.
Bu haqda Fransiya Sport vazirligi rahbari Marina Ferrari France Inter radiosida ma’lum qildi.
"So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 19 iyundan beri 301 kishi cho‘kib ketgan", dedi u.
Vazir bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14% ga yuqori ekanligini ta’kidladi. Ferrari aniqlik kiritganidek, fojiali hodisalar ochiq suv havzalarida, masalan, kanallarda va xususiy basseynlarda sodir bo‘ladi.
Fransiyada bu yozda beshinchi issiqlik to‘lqini tufayli 78 ta bo‘lim to‘q sariq rangli ob-havo ogohlantirishiga qo‘yildi. Rasmiylar aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda: ko‘p suv ichish, kunduzgi jismoniy faollikdan qochish va uylarini muntazam ravishda shamollatish.
Avvalroq, mamlakatda g‘ayritabiiy issiqlikdan aziyat chekayotgan bemorlar soni tufayli kasalxonalar va tibbiyot xodimlariga yuk keskin oshganligi haqida xabar berilgan edi. Shifokorlar vaziyatni koronavirus pandemiyasi bilan taqqoslashadi.