Fransiya TIVning Al Arabiya telekanaliga ma’lum qilishicha, Parij va Italiya BMTning Livandagi vaqtinchalik kuchlari (UNIFIL) missiyasi yakunlangandan so‘ng ularning o‘rnida yangi harbiy kontingentni joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mazkur kuchlar AQSh ko‘magida va bir qator Yevropa davlatlari ishtirokida shakllantiriladi. Ularni joylashtirish Livan rasmiylarining iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi, maqsad — Livan milliy armiyasiga o‘z vazifalarini bajarishda ko‘maklashish va mintaqada barqarorlikni mustahkamlashdan iborat.
Parij, shuningdek, Livan va Isroil o‘rtasidagi so‘nggi kelishuv doirasidagi xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda, kuchlarni joylashtirishning yakuniy mexanizmini kelishish uchun hamkorlar bilan maslahatlashuvlar davom etayotganini ma’lum qilmoqda, deyiladi xabarda.