Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiya va Belgiya Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha qo‘shma tergov boshladi

Fransiya va Belgiya Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha qo‘shma tergov boshladi

Bu haqda Le Parisien xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tergovchilar o‘g‘irlangan qimmatbaho buyumlar Belgiyaga olib chiqib ketilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi talqinni tekshirmoqda, chunki Antverpen qimmatbaho toshlar savdosi bo‘yicha dunyodagi bosh markazlardan biri hisoblanadi.

Shu bilan birga, huquq-tartibot idoralari xodimlari taqinchoqlar hanuz Fransiyada — qo‘lga olingan to‘rt nafar gumonlanuvchining vatani bo‘lmish Obervilye kommunasi hududida ekanligini ham inkor etishmayapti.

Shuningdek, qimmatbaho buyumlar allaqachon xorijga sotib yuborilgan, ularning toshlari ajratib olinib, metalli esa eritib yuborilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi talqin ham ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi nashr xabarida.

Kiritildi: Bugun 12:13. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!