Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiya va BAA energetika sohasida hamkorlik bitimi imzoladi

A A A
Fransiya va BAA energetika sohasida hamkorlik bitimi imzoladi

Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida energetika sohasida strategik hamkorlik bo‘yicha keng qamrovli bitim tuzildi.

Fransiya iqtisodiyot vazirligi xabar berishicha, kelishuv BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol-Nahayonning Parijga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.

Xabarda qayd etilishicha, hujjat ikki davlatning vodorod, qayta tiklanadigan va atom energetikasi sohasidagi qo‘shma sarmoyaviy loyihalarini belgilashga qaratilgan.

Bundan tashqari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida BAA Prezidenti Ol-Nahyonni qabul qilib, hamkasbiga mamlakatning eng oliy mukofoti – “Faxriy legion” ordenini topshirdi.

Darvoqe, 2021 yil dekabr oyida BAA Fransiyadan qiymati 14 milliard yevroga teng 80 dona “Rafal” qiruvchi samolyotini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Kiritildi: 11:06 19.07.2022. O'qildi: 2951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik