Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Fransiya O‘rta yer dengizida Rossiyaning “soya flot” tankerini to‘xtatdi

Fransiya O‘rta yer dengizida Rossiyaning “soya flot” tankerini to‘xtatdi

Prezident Emmanuel Makron xabar berishicha, bu Grinch nomli tanker bo‘lib, Murmanskdan Komor orollari bayrog‘i ostida yurib ketgan.

Fransiya hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, tanker sanksiya ostida bo‘lib, soxta bayroqdan foydalangan.

Operasiya ertalab ittifoqchilar qatnashgan holda o‘tkazilgan va sud tergovi boshlangan.

Makron ta’kidlaganicha, harakatlar xalqaro dengiz qonunchiligi doirasida amalga oshirilgan va “soya flot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtiradi.

Tanker allaqachon AQSH, YEI, Buyuk Britaniya, Kanada, Shveysariya va Ukraina sanksiyasi ostida edi. U asosan Rossiya neftini Xitoy va Hindistonga tashuvchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Davosda Vladimir Zelenskiy Yevropa davlatlarini AQSh misolida “soya flot” kemalarini to‘xtatishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 22:27 22.01.2026. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!