Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Fransiya Ukraina harbiylarini maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazmoqda

Fransiya Ukraina harbiylarini maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazmoqda

Fransiya ukrainalik harbiylarni yashirincha maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Politico gazetasi Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari maslahatchisiga tayanib.

Nashr Fransiyaning rasmiy ma’lumotlariga tayanib, Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasi boshlanganidan beri 40 ga yaqin ukrainalik askarlar Fransiyada SEZAR o‘ziyurar gaubitsalaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitilganini ta’kidlaydi.

Ayni paytda, maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari askarlarining Fransiyada ommaviy mashg‘ulotlari to‘xtatilgan.

Biroq rasmiy “ixtisoslashtirilgan” mashg‘ulotlar Fransiya rasmiylari rahbarligida o‘tkazilishi mumkinligiga shama qilgan.

“Britaniya asosiy ta’lim berishga qaror qildi. Biz ko‘proq maxsus ta’lim beramiz. Biz sizga qilgan barcha ishlarimizni aytib bermoqchi emasmiz”, - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Gazetaning yozishicha, Parijning bu qarori Britaniyaning Ukraina Qurolli kuchlari harbiylarini tayyorlash bo‘yicha tashabbusi mavjud talabni qondirish uchun yetarli bo‘lmasligi bilan bog‘liq.

Kiritildi: 08:34 17.09.2022. O'qildi: 1366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!