Mamlakat harbiy-dengiz kuchlari Atlantika okeanida xalqaro sanksiyalar ostida bo‘lgan va Rossiyadan kelayotgan "Tagor" neft tankerini qo‘lga oldi.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi.
"Marinetraffic" servisi ma’lumotlariga ko‘ra, "Tagor" Murmansk portidan 2025 yilning dekabrida chiqqan va Kamerunga yetib borishi kerak bo‘lgan. So‘nggi bir hafta davomida uning harakati haqidagi ma’lumotlar ochiq emas.
Makronning qo‘shimcha qilishicha, dengiz qatnovining asosiy qoidalariga ham rioya qilmaydigan "soya floti" kemalari ham atrof-muhit, ham dengiz transportining barcha ishtirokchilari xavfsizligi uchun tahdid tug‘diradi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilning yanvarida Volodimir Zelenskiy Yevropa davlatlarini sanksiyalarni chetlab o‘tib neft tashiyotgan Rossiya kemalarini qo‘lga olishga chaqirgan edi. O‘sha kunning o‘zida Fransiya harbiy-dengiz kuchlari O‘rta yer dengizida Rossiyadan kelayotgan neft tankerini qo‘lga oldi. 20 mart kuni Parij yana bir tankerni qo‘lga oldi, keyinchalik u qo‘yib yuborildi.