Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Fransiya qishda gaz tanqisligiga duch kelmaydi

A A A
Fransiya qishda gaz tanqisligiga duch kelmaydi

Kelayotgan qishda Fransiyada gaz tanqisligi bo‘lmaydi, deb bayonot berdi Fransiyaning Engie energetika kompaniyasi rahbari Katrin Makgregor.

"Biz Fransiyada gaz bilan bog‘liq vaziyatdan yetarlicha xotirjammiz. Shunga qaramay, ta’kidlamoqchimizki, Yevropaning, jumladan Fransiyaning ham energetika tizimi bosim ostida ishlamoqda. Agarda kish haddan ortiq sovuq kelmasa yoki elektr ishlab chiqarishning gazdan boshqa vositalari yetarlicha quvvatda ishlasa biz gaz masalasida xavotir olmaymiz", – dedi Makgregor RTL radiostansiyasi efirida chiqish qilib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Fransiyaning gaz omborlari hozirda 93 foizga to‘ldirilgan.

Kiritildi: 12:03 03.09.2022. O'qildi: 2873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik