Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Fransiya prezidentiga tuxum otishdi

Fransiya prezidentiga tuxum otishdi

Lionda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tuxumga o‘xshagan narsani otishdi, deb xabar qildi Lyon Mag mahalliy nashri.

Hodisa Fransiya yetakchisining Eurexpo ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida yuz berdi. Videodan ko‘rinib turibdiki, noma’lum kimsa davlat rahbariga qarata yumaloq narsani tashladi, u Makronning yelkasidan sakrab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu tuxum bo‘lgan.
"Prezident xavfsizlik xizmati darhol yigitni qo‘lga oldi, u " Yashasin inqilob!" deb baqirgan edi”,- deyiladi maqolada.
Makron o‘z jamoasiga sabablarini bilish uchun bu odam bilan uchrashish haqida topshiriq berdi.
Bu Makron bilan yuz bergan birinchi bunday hodisa emas. Iyun oyining boshi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Drom departamentiga tashrif buyurgan chog‘ida bir kishi uning yuziga tarsaki tushirgandi‌‌. Sud hujum qilgan kishiga 4 oy qamoq jazosini tayinladi.

Kiritildi: 18:20 27.09.2021. O'qildi: 3540 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!