Fransiya Isroil moliya vaziri Besalel Smotrichga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Norvegiya tomonidan G‘arbiy sohildagi ko‘chmanchilar faoliyati va zo‘ravonliklariga aloqador deb hisoblangan shaxslarga qarshi joriy etilgan sanksiyalar doirasida qabul qilingan.
Fransiya Smotrichni G‘arbiy sohil anneksiyasi, yangi aholi punktlari qurilishi va G‘azoni qayta mustamlakaga aylantirish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda. Shuningdek, unga nisbatan kirish taqiqlari joriy etilgan ikkinchi isroillik vazirga aylandi. Avvalroq xuddi shunday choralar milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan ham qo‘llangan edi.