Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiya ilk bor kosmosda harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda

A A A
Fransiya ilk bor kosmosda harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda

Fransiya harbiylari 8 mart kuni kosmosda mashg‘ulotlarni boshladilar, bu mamlakat qurolli kuchlari tarixida birinchi marta, deya ta’kidlandi deb xabar bermoqda Interfaks

Mashg‘ulotlar 1965 yilda uchirilgan birinchi fransuz sun’iy yo‘ldoshi — Asterix xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, AsterX deb nomlandi. Harbiylar manyovrlar paytida potensial xavfli kosmik ob’eklarini hamda o‘z sun’iy yo‘ldoshiga xavf solayotgan tahdidlarni kuzatib boradi.

«Bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda va bizning kosmik infratuzilmamizga qarshi inqirozlar va tahdidlar mavjud, lekin bu hammasi emas», — deya ta’kidladi Fransiya kosmik kuchlari qo‘mondoni Mishel Fridling. U mashqlarni «bizning tizimlarimiz uchun stress testi» deb atadi va ular «Fransiya armiyasi uchun birinchi va hatto Yevropada birinchi» ekanligini ta’kidladi.

OAV xabarlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda AQSh kosmik kuchlari va  Germaniya kosmik agentligi ham ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar 12 mart kunigacha davom etadi. OAV Fransiya kosmik kuchlari qo‘mondonligi 2019 yilda tashkil etilganini eslatmoqda. 2019 — 2025 yillarda uni moliyalashtirishga 5 mlrd dollar ajratilishi, xodimlar soni esa 500 kishini tashkil qilishi kerakligi aytilmoqda.

Kiritildi: 19:56 11.03.2021. O'qildi: 2211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik