Fransiya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi.
Mazkur davlatning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ualid Fuk 2025 yil 27 avgust kunidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga kirishgan.
Janob Fuk Parij Siyosiy tadqiqotlar institutining davlat ishlari bo‘yicha yo‘nalishida diplomga ega, Fransiya TIVning Strategik ishlar, xavfsizlik va qurolsizlanish boshqarmasida ish boshlagan.
Elchi sifatidagi faoliyatini esa Fransiyaning Pekindagi elchixonasida siyosiy maslahatchi lavozimida boshlagan.
O‘zbekistonga kelguniga qadar esa Fransiya Prezidenti administrasiyasida Osiyo, Okeaniya va Amerika bo‘yicha Davlat rahbari maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 avgust kuni Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘lgan va Elchi xonimga «mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi» uchun «Do‘stlik» ordeni topshirilgan edi.