Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiya davlat xizmatchilari uchun messenjer ishlab chiqdi

Fransiya davlat xizmatchilari uchun messenjer ishlab chiqdi

Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab Fransiya hukumatining barcha vazirliklari xavfsiz davlat tezkor xabar almashish xizmati Tchapdan foydalanishga majbur bo‘ldi.

— Bu xavfsizlik va suverenitetning imperatividir — deb yozgan Le Figaro.

Tchap xizmatining nomi birinchi optik aloqa usullaridan birini ixtiro qilgan XVIII asrdagi fransuz muhandisi Klod Shappaga nisbatan hurmat belgisidir.

Shu dushanbadan boshlab Fransiyaning barcha davlat xizmatchilari va davlat idoralari professional yozishmalar uchun xavfsiz Tchap tezkor xabar almashish xizmatidan foydalanishlari shart.

Shunday qilib, WhatsApp, Signal va Telegram ruxsat etilgan xizmatlar ro‘yxatidan olib tashlandi.

— Keng ommaga mo‘ljallangan asosiy lahzali xabar almashish ilovalari kundalik aloqalarimizda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Biroq, bu raqamli vositalar xavfsizlik kamchiliklaridan xoli emas, — deyiladi yoz o‘rtalarida Bosh vazir Fransua Bayru tomonidan imzolangan sikulyarda.

Matn barcha davlat xizmatchilaridan, shu jumladan vazirlik idoralari xodimlaridan Idoralararo raqamli boshqarma (DINUM) tomonidan ishlab chiqilgan Tchap ilovasini o‘rnatishni talab qildi.

Kiritildi: 12:05 04.09.2025. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!