Fransiyada to‘rt haftadan beri yashash xarajatlarining oshishiga qarshi, shuningdek, maktablarda o‘qish sharoitlarini yaxshilash va oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishning amaldagi tizimini bekor qilish talabi bilan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Xuddi shunday oldingi keng ko‘lamli namoyish 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan bo‘lib, o‘shanda turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Fransiya bo‘ylab ko‘chalarga 250 mingdan 450 minggacha odam chiqqan edi.
Bugun esa butun mamlakat bo‘ylab 500 ta norozilik aksiyalari va 90 ga yaqin namoyishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Namoyishlarda minglab maktab o‘quvchilari, talabalar, "sariq nimchalilar" harakati ishtirokchilari, kasaba uyushmalari faollari, iqlim faollari, fermerlar va boshqa ko‘plab kishilar qatnashmoqda.
Norozilik aksiyalari hamon davom etmoqda. Marselda meriya binosi egallab olindi, Lionda esa sayyohlik markazi yoqib yuborildi. Polisiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalanmoqda. Mamlakat bo‘ylab hozirga qadar jami 300 ga yaqin kishi qo‘lga olingan.