Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fransiya bosh vaziri Rossiyani qattiq ogohlantirdi

Fransiya bosh vaziri Rossiyani qattiq ogohlantirdi

Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal Rossiyani boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik haqida qattiq ogohlantirdi. «Ushbu aralashuv bizning yangi jahon urushimizga aylanishi mumkin», dedi Attal 6 iyun, payshanba kuni France 2 radiosiga bergan intervyusida. Fransiya bosh vaziri Rossiya Federasiyasining harakatlarini «bizni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqaridan manipulyasiya» deb atadi.

Rossiya aralashuvi «jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilishga urinish bo‘lgan zahardir», dedi Attal. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi Fransiya xavfsizligiga «yangi, gibrid shaklda» tahdid solmoqda.

Rossiya aralashuviga misol sifatida, Attal yaqinda Eyfel minorasi ostida fransuz bayrog‘i va «Ukrainaning fransuz askarlari» yozuvi tushirilgan tobutlar paydo bo‘lgan holatga ishora qildi.

Kiritildi: 08:48 08.06.2024. O'qildi: 2540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!