Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiya bortida 1700 dan ortiq odam bo‘lgan kemani karantinga oldi

Fransiya bortida 1700 dan ortiq odam bo‘lgan kemani karantinga oldi

Rasmiylar unda norovirus avj olganini taxmin qilmoqda.

12 may kuni kechqurun Fransiyaning Bordo shahriga yetib kelgan Buyuk Britaniyaning Ambassador Cruise Line kompaniyasiga tegishli Ambition kruiz laynerida 90 yoshli yo‘lovchi vafot etdi. Fransiya sanitariya idoralari kemada norovirus oqibatida yuzaga keluvchi gastroyenterit (oshqozon-ichak yallig‘lanishi) tarqalgan deb gumon qilmoqda.

Karantinga olingan yo‘lovchilarning aksariyati Buyuk Britaniya va Irlandiya fuqarolaridir.

Jironda prefekturasi va mintaqaviy sog‘liqni saqlash agentligi xabariga ko‘ra, 50 kishida “o‘tkir ichak infeksiyasiga mos keluvchi” alomatlar kuzatilgan. Oziq-ovqatdan zaharlanish versiyasi ham hozircha butunlay inkor etilmagan.

Fransiya sog‘liqni saqlash organlari vakillarining ta’kidlashicha, ushbu holatni MV Hondius kemasi bortidagi hantavirus bilan kasallanish holatlari bilan bog‘lashga hech qanday asos yo‘q.

6 may kuni Ambition layneri Buyuk Britaniya shimolidagi Shetlend orollaridan yo‘lga chiqqan edi. Kema Bordoga yetib kelgunga qadar Buyuk Britaniyaning Belfast, Liverpul va Fransiyaning Brest shaharlariga kirib o‘tgan. Rejaga ko‘ra, u keyinchalik Ispaniyaga yo‘l olishi kerak edi.

Kiritildi: Bugun 08:21. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!