Fransiya 2027 yilda o‘zining harbiy byudjetini 64 milliard yevrogacha oshirishni ko‘zlamoqda, deb xabar beradi AZERTADJ.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatning janubidagi Istr aviabazasida fransuz harbiy xizmatchilari oldida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
— Maqsad — 2027 yilga borib yillik byudjetni 64 milliard yevroga yetkazish, — dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlari X ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda namoyish etildi.
Emmanuel Makron bundan avval bunday maqsad 2030 yilga belgilanganini eslatib o‘tdi.
Hozirgi vaqtda Fransiyaning harbiy xarajatlari 50,5 milliard yevroni tashkil etadi. 2017 yilda, Makron Fransiya prezidenti etib saylanganida, mamlakatning mudofaaga sarflagan xarajatlari 32,3 milliard yevroni tashkil etgan.