Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

FQB Tramp bo‘yicha tergov o‘tkazgan bo‘limni tarqatib yubormoqchi

FQB Tramp bo‘yicha tergov o‘tkazgan bo‘limni tarqatib yubormoqchi

AQSh Federal qidiruv byurosining (FQB) Vashingtonda joylashgan bo‘limi maxsus prokuror Jek Smitga sobiq prezident Donald Tramp bo‘yicha tergov o‘tkazishda yordam bergan davlat idoralaridagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi faoliyatini to‘xtatadi, deb xabar beradi NBC News.

«CR15» deb nomlangan bo‘lim Tramp va uning ittifoqchilari 2020 yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinayotganini tergov qilgan. Bu tergov Trampga nisbatan ochilgan ikki federal jinoyat ishidan birini keltirib chiqargan edi. Har ikkala ish ham u saylovda ishtirok etishini e’lon qilgandan so‘ng to‘xtatilgan.

Bo‘limni yopish haqidagi qaror FQB resurslarini AQSh Migrasiya va bojxona xizmati vakolatiga kiruvchi migrasiya nazorati masalalariga yo‘naltirish doirasida qabul qilindi.

“Mening kuzatuvlarim shuni ko‘rsatdiki, FQBning CR15 bo‘limi ayniqsa prezident Tramp va uning ittifoqchilariga qarshi bir yoqlama siyosiy hujumlar o‘tkazish uchun foydalanilgan. Men bo‘limning qonunbuzar harakatlarini fosh etganimdan so‘ng uning yopilishi yaxshi xabar”, – dedi Senatdagi Qonunchilik qo‘mitasi raisi Chak Grassli (Ayova shtatidan Respublikachi).

Tramp va uning tarafdorlariga qarshi 2020 yilgi saylov natijalarini bekor qilish urinishlari bo‘yicha tergov 2022 yil aprel oyida, u 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashish niyatini e’lon qilishidan avval boshlangan.

Tramp saylovoldi kampaniyasini boshlaganidan so‘ng, o‘shandagi adliya vaziri Merrik Garland 2022 yil oxirida Jek Smitni maxsus prokuror etib tayinlagan.

Trampga 2023 yil avgust oyida ayblov qo‘yilgan, ammo sud jarayoni apellyasiya shikoyatlari tufayli kechiktirilgan. Oxirida AQSh Oliy Sudi Trampga prezident sifatida amalga oshirgan rasmiy harakatlari uchun immunitet berish haqida qaror chiqardi.

Kiritildi: 23:58 16.05.2025. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!