Toshkentda yangi taksi paydo bo‘ldi, ya’ni shaharni endi Xammer avtomashinasida aylansa bo‘ladi.
Ayrim internet foydalanuvchilari bu birinchi aprel xazili bo‘lishi mumkin deya tahmin qilishgan. Boshqa mushtariylar esa endi bozor yoki ishxonagacha hashamatli mashinada borish mumkinligini aytishmoqda.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yil 1 iyulidan boshlab xususiy tadbirkorlarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi berilishi mumkin. Buning uchun ular lisenziya kartochkalari olishi va taksi operatorlari bilan elektron platforma orqali shartnoma imzolashlari kerak bo‘ladi.
Transport vazirligi tomonidan buni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi.l