Antarktikadagi «Konkordiya» stansiyasi — 2005 yilda fransuzlar va italyanlar tomonidan dunyodagi eng katta cho‘lda ochilgan tadqiqot stansiyasi, deb yozadi TJournal. U yerda yilda 4 oy quyosh bo‘lmaydi, harorat -70 darajagacha tushib ketadi, hayvonlar esa mintaqada yashay olmaydi.
«Konkordiya»da Yevropa kosmik agentligi xodimlari uzoq davom etuvchi kosmik parvozlarning ehtimoliy oqibatlarini o‘rganadi. Ammo 29 sentyabr kuni stansiya xodimlari boshqa bir eksperimentni amalga oshirdi: ular lag‘monni qahratonda qoldirdi.
Foto: TJournal
«Konkordiya» olimlari taomni tayyorlab, uni shu zahoti tadqiqot minoralaridan biring tepasida bir necha daqiqaga qoldirdi. -60 daraja sovuqda lag‘mon muzlashi effekti binoning ichida turib, bir necha marta suratga olishga yetdi.
Foto: TJournal
Foto: TJournal