Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Fossa – qanday hayvon?

Fossa – qanday hayvon?

O‘zida uch xil hayvonning sifatlarini jamlagan bir jonzot bor. Bu – fossa. Tanasining tuzilishidan mushukka o‘xshab ketadi. Ammo mushukdan kattaroq va uzunroq. Tezkorlik bilan sakrashidan maymunga o‘xshab ketadi. Shuningdek, u laski nomli ondatrasimon hayvonga ham o‘xshaydi.

Fossa – dunyoda faqat Madagaskar orolida yashaydi. Oroldagi eng yirik yirtqich sut emizuvchidir. Tanasining uzunligi 70-80 santimetr, dumining uzunligi 70 santimetr, vazni 10-11 kilogram atrofida. Terisining rangi to‘q qo‘ng‘ir-jigarrng tusda. Fossaning eshitish, ko‘rish va hid bilish sezgisi juda rivojlangan. Erkagi urg‘ochisidan kattaroq bo‘ladi. Daraxtlarga chiqib-tushishga, daraxtdan daraxtga sakrashga kerak bo‘ladigan tirnoqlari bor. Uning uzun dumi sakrashda as qotadi.

Dunyo bo‘yicha taxminan 3000 ta atrofida qolgan. Shu bois un “Qizil kitob”ga kiritilgan. Tadqiqotlarning xulosasiga ko‘ra, fossa mangustlar oilasiga mansubligi ma’lum bo‘ldi. Fossa ko‘proq lemur, maymun, kemiruvchilar, kaltakesaklar va qushlar bilan oziqlanadi. Urg‘ochisi bilan qo‘shilish jarayoni odatda daraxtda sodir bo‘ladi. Bolasi onasini 4-5 oy emadi. Bir yildan so‘ng mustaqil ov qila boshlaydi. Fossalar 3-4 yoshda voyaga yetib, o‘rtacha 20 yil yashaydi.

 

 

 

Kiritildi: 19:05 14.11.2019. O'qildi: 5042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!