Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ford 112 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi

Ford 112 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi

Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi xavfsizlik kamarlari bilan bog‘liq muammo tufayli 112,6 ming avtomobili yo‘ltanlamasini chaqirib oladi. Bu haqda AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga (NHTSA) tayanib, Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, NHTSA’ga xavfsizlik kamarini mahkamlash moslamasi beixtiyor ishlab ketgani bo‘yicha shikoyatlar kelib tushgan. Baland ovoz chiqarganidan keyin kamar tezda tortilib qolavergan.

Chaqirib olinadigan avtomobillar qatoridan 2019-2020 yillarda ishlab chiqarilgan Ford Expedition va Lincoln Navigator modellari o‘rin olgan.

NHTSA’ning ma’lum qilishicha, shuningdek, tortuvchi kuchning yo‘qolishi va elektr tizimining nosozligi sabab Ford’ning 456 mingdan ziyod transport vositasiga nisbatan tergov boshlagan. Tergov davomida 2021-2024 yillarda ishlab chiqarilgan Ford Bronco Sport krossoverlari va Maverick pikaplari o‘rganiladi.

Kiritildi: 19:42 19.11.2024. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!