Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Fojia! Samarqandda erkak norasmiy xotinini tepkilab o‘ldirdi

Fojia! Samarqandda erkak norasmiy xotinini tepkilab o‘ldirdi

Samarqand. 2020 yilning 22 mart kuni soat 20.00 larda Oqdaryo tumani “Qorateri” qishlog‘ida joylashgan “Ov Yog‘dusi IKV” fermer xo‘jaligi ishchisi 59 yoshli T.M., norasmiy turmush o‘rtog‘i, 50 yoshli Z.U., bilan birgalikda spirtli ichimlik ichib, rashq oqibatida o‘zaro janjallashib, Z.U.,ni boshi va badanining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada Z.U., olgan tan jarohatlari bilan shu yerda yotib qolib, 23 mart soat 02.00 larda voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga olib kelgan qasdan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. T.M., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 23:25 24.03.2020. O'qildi: 3516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!