Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Finlyandiyada o‘quvchi qurol ko‘tarib sinfdoshlariga tashlandi

Finlyandiyada o‘quvchi qurol ko‘tarib sinfdoshlariga tashlandi

Finlyandiyaning Pirkkala munisipalitetida maktabga pichoq bilan hujum uyushtirilishi oqibatida uch kishi jarohatlandi.

Bu haqda Yle xabar bermoqda.

"Pirkkaladagi Vyaxyayarvi maktabida pichoq bilan hujum uyushtirildi, natijada uch nafar o‘quvchi jarohatlandi," - deyiladi materialda.

Gumonlanuvchi qo‘lga olindi. U ham shu maktabning o‘quvchisi ekan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q.

Qayd etilishicha, hujumdan oldin gumonlanuvchi o‘z rejalari va sabablarini tushuntirgan manifestni e’lon qilgan.

Kiritildi: 17:59 20.05.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!