Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Finlandiya sobiq bosh vaziri siyosatdan shou-biznesga o‘tdi

A A A
Finlandiya sobiq bosh vaziri siyosatdan shou-biznesga o‘tdi

Finlandiya sobiq bosh vaziri Sanna Marin televideniye, kino, media va ko‘ngilochar sohalar uchun iste’dodlarni izlashga ixtisoslashgan Range Media Partners kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Range Media Partners dunyo yulduzlari, jumladan Hollivud yulduzlari bilan hamkorlik qiladi.

Marin avvalroq Toni Bler instituti bilan siyosiy yetakchilarga maslahat beradigan strategik maslahatchi sifatida hamkorlik qilish niyatini bildirgan edi.

Finlandiya parlamenti 2019 yil dekabrm oyida Sanna Marinni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlash uchun ovoz bergandi.

O‘shanda 34 yoshda bo‘lgan siyosatchi dunyodagi eng yosh bosh vazirga aylangan.

Aprel oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridagi mag‘lubiyatdan so‘ng u rahbarlik qilgan Sosial-demokratik partiya iste’foga chiqdi.

Kiritildi: 15:17 29.09.2023. O'qildi: 1469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!