Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Filippindagi zilzila qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Filippindagi zilzila qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Filippinda 8 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 07:37 da (Toshkent vaqti bilan 04:37 da) 7,8 balli kuchli zilzila yuz berdi. Dastlab tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingan bo‘lsa, keyinchalik rasmiylar qurbonlar soni kamida 19 kishi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Zilzila mamlakat janubidagi asosiy orol — Mindanaodagi General-Santos shahri qirg‘oqlarida sodir bo‘ldi. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ofat tufayli kamida 134 kishi jarohatlangan. Rasmiy tabiiy ofatlarga qarshi kurashish agentligiga ko‘ra, yana yetti kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Zilzila ortidan mintaqadagi bir qancha davlatlar, jumladan, Filippin, Indoneziya va Yaponiya sunami xavfidan ogohlantirish berdi. Filippin vulqonshunoslik va seysmologiya instituti zilzila yerostida 10 kilometr chuqurlikda yuz berganini ma’lum qildi.

Filippin prezidenti Kichik Ferdinand Markos bayonot berdi. U barcha tegishli davlat idoralariga zudlik bilan harakat qilishni buyurdi. Shuningdek, u aholini xavfsiz va balandroq joylarga ko‘chishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 15:51. O'qildi: 224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!