FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Reytingda Ispaniya terma jamoasi peshqadamlikni saqlab qoldi. Argentina ikkinchi, Fransiya esa uchinchi o‘rinda joylashgan.
Angliya to‘rtinchi pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, Marokash terma jamoasi Portugaliya va Braziliyani ortda qoldirib, beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.
FIFA reytingining kuchli 15 taligi:
Ispaniya
Argentina
Fransiya
Angliya
Marokash
Portugaliya
Braziliya
Belgiya
Niderlandiya
Kolumbiya
Germaniya
Shveysariya
Meksika
Italiya
Xorvatiya