FIFA futbol hakamini 2026 yilgi Jahon chempionati uchun nomzodlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Ushbu qaror uning Buyuk Britaniyada o‘smirga jinsiy tajovuz qilganlikda gumon qilinib hibsga olinishi munosabati bilan qabul qilindi, deb yozadi Aljazeera.
Hodisa hakamning UEFA o‘yiniga xizmat safari paytida mehmonxonada sodir bo‘lgan. Gumondorning ismi oshkor qilinmadi, faqat uning 30 yoshlardagi erkak ekanligi ma’lum.
FIFA bu odam endi tashkilot tomonidan o‘tkaziladigan hech qanday musobaqalarda ishtirok etmasligini aytdi. O‘z navbatida, UEFA ham shunga o‘xshash qaror qabul qildi va tergov tugaguniga qadar hakamning o‘yinlarga tayinlanishini to‘xtatib qo‘ydi.
Gumondor London polisiyasi tomonidan hibsga olindi va keyinchalik garov evaziga qo‘yib yuborildi. Jahon chempionati tashkilotchilari vaziyatni kuzatib bormoqda.