Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

FIFA prezidentining yana bir mojaroli qarori fosh etildi

FIFA prezidentining yana bir mojaroli qarori fosh etildi

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqiga (UYEFA) rahbarlik qilgan davrida sobiq mahbubasiga kompensasiya to‘lanishini ta’minlagan. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayol UYEFA ma’muriy apparatida ishlagan. Infantino bilan munosabatlari boshlanganidan so‘ng u rahbarlik lavozimiga ko‘tarilgan va maoshi 30 foizga oshib, 160 ming Shveysariya frankiga yetgan.

UYEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini Infantinoning ushbu xodima bilan taxmin qilingan munosabatlaridan noroziligini bildirgan. Natijada ayolning tashkilotdagi faoliyatini tugatish va unga kompensasiya to‘lashga qaror qilingan.

Infantinoning sobiq hamkasblari ta’kidlashicha, to‘langan kompensasiya miqdori «kamida olti xonali summa»ni tashkil etgan.

Bundan tashqari, UYEFA ayolning yillik qiymati 45 ming funt sterling bo‘lgan MBA dasturida tahsil olish xarajatlarini ham qoplagan.

UYEFA mazkur to‘lov amalga oshirilganini tasdiqladi va tashkilot Infantino bilan ushbu xodima o‘rtasida romantik munosabatlar bo‘lgani haqidagi mish-mishlardan xabardor bo‘lganini bildirdi. Federasiyada ichki qoidalar zamonaviy va nufuzli tashkilot standartlariga moslashtirish maqsadida «kuchaytirilgani»ni ta’kidlashdi.

Janni Infantino UYEFAda 2000 yil avgustidan faoliyat yuritgan. U 2009–2016 yillarda tashkilot bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2016 yil fevral oyida esa FIFA prezidenti etib saylangan.

Kiritildi: 11:00 08.08.2026. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!