Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

FIFA JCH-2026 o‘yinlariga suv idishlarini olib kirishni taqiqladi

FIFA JCH-2026 o‘yinlariga suv idishlarini olib kirishni taqiqladi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) 2026 yilgi Jahon chempionati uchrashuvlariga har qanday turdagi suv idishlarini (butilkalarni) olib kirishni taqiqladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi va u yerda yuqori havo harorati kutilmoqda.

FIFA ushbu chora «futbolchilar hamda tomoshabinlar uchun shikastlanish va xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida» qabul qilinganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, tashkilot o‘yinlardan oldin va bahslar davomida suv sotilishini, stadionlarda esa sovutish stansiyalari, ventilyatorlar hamda suv purkagichli hududlar ishlashini ta’kidlab o‘tdi.

Angliya terma jamoasi muxlislar guruhi vakillari ushbu taqiqni «g‘alati va kechikib chiqarilgan qaror» deb atashdi. Ular ilgari FIFA stadionlarga suv olib kirishga hech qanday taqiq bo‘lmasligini va’da qilganini eslatib o‘tishgan. Shuningdek, ishqibozlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z noroziliklarini bildirib, yangi qoidalar tomoshabinlar uchun qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:49. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!